Narx
Cheklov sverka soniga emas, KORXONA soniga. Sverkani qancha xohlasangiz shuncha marta qayta yuklasangiz bo'ladi.
Bepul
Sinab ko'rish uchun
Bepul
- 3 ta korxona
- 1 foydalanuvchi
- Sverka cheksiz
- Barcha hisobotlar
Buxgalter
Ko'pchilikka mosMijozlari bor buxgalter uchun
9 999so'm/oy
- Korxona cheksiz
- 1 foydalanuvchi
- Sverka cheksiz
- Barcha hisobotlar
Byuro
Jamoa bilan ishlaydigan byuro uchun
39 999so'm/oy
- Korxona cheksiz
- 5 foydalanuvchi
- Sverka cheksiz
- Umumiy ish maydoni
Hozircha to'lov qabul qilinmaydi — hamma hisob bepul rejada ishlaydi. Pulli reja kerak bo'lsa, yozib qoldiring: kim so'raganini bilamiz va avval o'shalarga ochamiz.
Narx bo'yicha savollar
Nega cheklov sverka soniga emas, korxona soniga?
Buxgalter sverkani bir marta qilmaydi: yuklaydi, farq ko'radi, faylni to'g'rilaydi, qayta yuklaydi. Sverka sanog'i aynan ishonch tug'ilayotgan lahzada urardi. Korxona soni esa buxgalterning o'z daromadiga bog'liq — u o'sganda biz ham o'samiz.
Bepul rejada nima cheklangan?
Faqat korxona soni — 3 ta. Sverka, hisobot, Akt sverki, Excel eksport — hammasi cheksiz va to'liq ishlaydi. Bepul reja «namoyish» emas, ishchi reja.
Hozir to'lash mumkinmi?
Yo'q. To'lov tizimi hali ulanmagan — hamma hisob bepul rejada ishlaydi. Pulli reja kerak bo'lsa yozib qoldiring: kim so'raganini bilamiz va avval o'shalarga ochamiz.
Yillik to'lov bormi?
Rejalashtirilgan: yillik to'lovda 2 oy bepul. To'lov ulanganda ochiladi.
Narx nimaga asoslangan?
Tajribali buxgalterdan so'ralgan. Dastlab 149 000 so'm taxmin qilingan edi, lekin u bozordan emas, hisobdan chiqqan raqam edi. Bozordan kelgan dalil taxmindan ustun — shuning uchun narx almashtirildi.
Bitta korxonada sinab ko'ring
Eng chalkash mijozingizning bank ko'chirmasi va faktura ro'yxatini yuklang. Farq bormi — bir daqiqada bilasiz.